Bron va boshqaruvSalon, stomatologiya, Lor va spa — bitta tizimda.

O'zbekistonda yaratilganO'zbek va rus tilida, mahalliy xarita va to'lovlar bilan.

Hozir onlayn bron qabul qilinmoqda

Biznesingizni Chronix bilan yangi bosqichga ko'taring

Onlayn bron, kalendar, kassa, ombor va hisobotlar — bitta joyda. Mijozlaringiz navbatni telefondan bir necha soniyada band qiladi.

Pastga

( Chronix haqida )

Chronix — salonlar, klinikalar va spa markazlari uchun vaqtni boshqaradigan platforma. Mijoz navbatda kutmaydi, usta va shifokor kunini aniq biladi, tadbirkor esa qog'oz daftar o'rniga biznesini o'stiradi.

01

Sartaroshxona va go'zallik salonlari

Har bir usta jadvali — bir qarashda

Soch turmaklari, tirnoq dizayni va estetik parvarish. Mijoz ustani va bo'sh vaqtni o'zi tanlaydi, siz esa kalendarda hamma bronlarni ko'rasiz — bir-biriga to'qnashmaydi.

  • Ustalar ish jadvali va dam olish kunlari
  • Xizmat davomiyligi har bir ustaga alohida
  • Kassa, ombor va ustalar oyligi avtomatik
Bugun6 ta bron
10:00 · Ayollar soch turmagiNilufar
11:30 · ManikyurMadina
13:00 · Soch va soqolJasur
02

Stomatologiya klinikalari

Tabassum uchun — tartibli qabul

Terapevtik davolash, ortodontiya, protezlash va jarrohlik — xizmatlar bo'limlarga ajratilgan. Bemor mutaxassislikni, shifokorni va vaqtni tanlab, qabulga o'zi yoziladi.

  • 6 bo'lim, 22 ta tayyor tibbiy xizmat — bir bosishda
  • Stomatolog-terapevt, ortodont, implantolog…
  • Tasdiqlanmagan bron vaqtida avtomatik bekor bo'ladi
MutaxassislikOrtodont · 2
TerapevtikGigiyenaOrtodontiyaImplant
Breketni tuzatish · 30 daq14:00
03

Lor (otorinolaringologiya)

Quloq, burun, tomoq — aniq yo'naltirish

Endoskopik ko'rik, audiometriya, burun va tomoq muolajalari. Bemor kerakli Lor-shifokorni tanlaydi, registrator esa barcha qabullarni bitta ekranda boshqaradi.

  • 5 bo'lim, 18 ta Lor xizmati tayyor
  • Lor-shifokor, bolalar Lor-shifokori, Lor-jarroh, audiolog
  • Qabulga 30 daqiqa qolganda eslatma
QabullarLor-shifokor
Audiometriya · 30 daq09:30
04

Wellness & Spa markazlari

Hordiq ham — o'z vaqtida

Massaj turlari, sauna va hammom, tana parvarishi hamda kompleks paketlar. Mijoz dam olishni rejalashtiradi, mutaxassislaringiz esa bandligini aniq biladi.

  • Massaj, sauna, detoks va kompleks paketlar
  • SPA-terapevt, massajchi, aromaterapevt
  • Mijoz baholari va sharhlari
Paket180 daq
Massaj + hammom + skrab750 000
Detoks kuni650 000

( Imkoniyatlar )

01

Onlayn bron
va eslatmalar

Mijoz xaritadan yaqin muassasani topadi, xizmat, mutaxassis va vaqtni tanlab bron qiladi.

  • Mobil ilova — iOS va Android
  • 30 daqiqa oldin "Boraman / Bormayman"
  • Tasdiqlanmagan bron avtomatik bekor

( Imkoniyatlar )

02

Kalendar, kassa
va ombor

Barcha xodimlar bronlari bitta ekranda — to'qnashuvdan himoya, tanaffuslar va ish soatlari hisobga olinadi.

  • Naqd, karta va o'tkazmalar, kassa yopish
  • Mahsulot qoldig'i va ogohlantirish
  • Har bir xodimga o'z huquqi

( Imkoniyatlar )

03

Hisobotlar
va oylik

Daromad, xizmatlar va xodimlar samaradorligi — Excel'ga bir bosishda. Oylik foiz yoki stavka bo'yicha avtomatik.

  • Kunlik, haftalik, oylik hisobot
  • Oldingi davr bilan solishtirish
  • Ma'lumotlar baza darajasida himoyalangan

( Qanday boshlanadi )

01 / 03

01

Ariza qoldiring.

Biz muassasangizni tizimga qo'shamiz va direktor loginini beramiz.

02

Sozlang.

Tayyor tavsiya xizmatlarni bir bosishda qo'shing, xodimlar va ish vaqtini belgilang.

03

Bron qabul qiling.

Muassasangiz ilovada va xaritada paydo bo'ladi — mijozlar yozila boshlaydi.

  1. Ariza
  2. Sozlash
  3. Bron

( Narxlar )

Biznesingiz hajmiga mos tarif

Mijozlar uchun ilova bepul. Muassasa oylik obuna to'laydi.

( Biz haqimizda )

Vaqtingiz — bizning ustuvorligimiz

Chronix — O'zbekistonda yaratilgan bulutli platforma. Maqsadimiz oddiy: mijoz navbatda kutmasin, tadbirkor esa qog'oz daftar va cheksiz qo'ng'iroqlar o'rniga biznesini rivojlantirish bilan band bo'lsin.

Har bir yo'nalish — salon, stomatologiya, Lor va spa — o'z atamalari va tayyor xizmatlari bilan keladi.

( Aloqa )

Biznesingizni ulang

Qo'ng'iroq qiling yoki Telegram'da yozing — muassasangizni bir kunda tizimga qo'shamiz.

Telegram'da yozish